date

Kanchelskis Safonovni Akinfeevdan keyingi ikkinchi darvozabon deb atadi


“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis Matvey Safonovning “PSJ” safidagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. Rossiyalik darvozabon o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytarib, jamoasi bilan Qit'alararo kubok sohibiga aylandi.

Kanchelskis Safonovni Angliyaning mashhur klubida ko'rishni istashini ham aytdi. “Uni ‘Manchester Yunayted’da ko‘rishni xohlagan bo‘lardim.

Men uni tavsiya qilgan bo‘lardim. Nega endi yo‘q?

Menimcha, Igor Akinfeevdan keyin u ikkinchi raqam. Akinfeev birinchi, u esa ikkinchi”, — deya Kanchelskis so‘zlarini “Sovetskiy sport” nashri keltiradi.

Avvalroq ushbu mavzuda taniqli murabbiy Yuriy Syomin hamda Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi rahbari Gennadiy Zyuganov ham o'z munosabatini bildirgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis Safonovni Akinfeevdan keyingi ikkinchi darvozabon deb atadi