date

Konte Milan ustidan g'alabadan keyin fikr bildirdi


Napoli Italiya Superkubogi finaliga yo'l oldi. Antonio Konte boshqaruvidagi jamoa yarim finalda Milanni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida David Neres hisobni ochdi, 63-daqiqada esa Rasmus Hoylund ikkinchi golni urib, g'alabani mustahkamladi. O'yindan so'ng Konte Sport Mediasetga bergan intervyusida jamoasining o'yinidan mamnunligini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, Napoli ko'plab iqtidorli futbolchilarga ega kuchli raqibga qarshi puxta o'yin ko'rsatishni maqsad qilgan. "Biz kuchli raqibga qarshi sifatli futbol namoyish etishni xohladik.

Bizning o'yin uslubimiz ko'p kuch talab qiladi: biz faqat himoyalanib, qarshi hujumlar bilangina cheklanmaymiz. Bugun yigitlar sovrin uchun kurashishga tayyor ekanini ko'rsatdi, men juda mamnunman.

Buni ko'p bor aytganman, yana takrorlashga majburman: shuncha o'yinni juda kam futbolchi bilan o'tkazsangiz, muammolar muqarrar bo'ladi. Jamoa ko'pincha ikkinchi bo'limda charchagandek ko'rinadi, biroq bugun futbolchilar juda jips ishlashdi", dedi Konte.

Finalning ikkinchi ishtirokchisi juma kuni bo'lib o'tadigan Bolonya – Inter uchrashuvida aniqlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konte Milan ustidan g'alabadan keyin fikr bildirdi