date

Barselona Reshford bo'yicha yakuniy qarorni hali chiqarmadi


Markus Reshford hozirda “Barselona” safida “Manchester Yunayted”dan ijarada to'p surmoqda. Bitim joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan bo'lib, to'liq transfer qilish opsiyasini ham o'z ichiga oladi.

Jurnalist Fernando Poloning xabar berishicha, “ko'k-anorranglilar” rahbariyati ingliz futbolchisining kelajagi borasida hozircha yakuniy qarorga kelmagan. Shunga qaramay, klub ichida Reshfordni mavsum yakunida qo'yib yuborishdan ko'ra, uni to'liq sotib olish ssenariysi ehtimolroq ko'rilmoqda.

Kataloniya grandi 28 yoshli futbolchini 30 million yevro evaziga sotib olish zarurligiga tobora ko'proq ishonch bildirmoqda. Reshford bu mavsum Hans-Diter Flik jamoasida 23 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Reshford bo'yicha yakuniy qarorni hali chiqarmadi