date

Husayn Norchayev Myunxenda muvaffaqiyatli operatsiyadan o‘tdi

Husayn Norchayev Myunxenda muvaffaqiyatli operatsiyadan o‘tdi

«Nasaf» klubi hujumchisi Husayn Norchayev Germaniyaning Myunxen shahrida jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazdi. Championat.asia manbasi xabar berishicha, 23 yoshli futbolchining tizzasidagi operatsiyani Yevropa tibbiyotida katta obro‘ga ega bo‘lgan mutaxassis — tibbiyot fanlari professori, doktor Mirko Xerbort amalga oshirgan.

Ma’lum qilinishicha, jarrohlik amaliyoti reja asosida bajarilgan bo‘lib, futbolchining holati qoniqarli deb baholanmoqda. Norchayevga tiklanish jarayoni uchun aniq dastur belgilangan. U taxminan 8 haftadan keyin reabilitatsiya bosqichiga o‘tadi.

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, hujumchi taxminan 3 oydan so‘ng to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi va maydonda qayta harakat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mutaxassislar operatsiyani aynan hozir amalga oshirish orqali Norchayevning Jahon chempionatiga qadar to‘liq sport formasiga kirib olishini maqsad qilgan.

Qayd etish joizki, doktor Mirko Xerbort avvalroq ham o‘zbekistonlik futbolchilar bilan ishlagan. Jumladan, u O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Diyor Xolmatov va Muhammadrasul Abdumajidovning ham muvaffaqiyatli operatsiyalarini amalga oshirgan edi.

Muxlislar esa Husayn Norchayevning tezroq sog‘ayib, yana «Nasaf» hujumida o‘z so‘zini aytishiga ishonch bildirmoqda. Futbolchining irodasi va to‘g‘ri reabilitatsiya rejasi uni yana kuchliroq qaytishga undaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Husayn Norchayev Myunxenda muvaffaqiyatli operatsiyadan o‘tdi