
Italiya Superkubogi yarim finalida Napoli Milanni 2:0 hisobida mag'lub etgan bahsdan so'ng Milan bosh murabbiyi Massimiliano Allegri atrofida mojaro yuzaga keldi. Vaziyat Adriyen Rabiotning Matteo Politonoga nisbatan qo'pol folidan keyin boshlangan.
Epizodda har ikki jamoa zaxira o'rindig'idagi vakillar maydonga yaqinlashib, tortishuvga aralashdi. Umumiy tartibsizlik fonida Allegri napoliliklar menejeri Gabriele Oriali bilan og'zaki bahsga kirishdi.
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, murabbiy Orialiga nisbatan qo'pol shaxsiy haqorat ishlatgan. Vaziyatni Milan shtabi xodimlari aralashib, Allegrini texnik hududga qaytarish orqali bartaraf etishga muvaffaq bo'lgan.
O'yindan keyin Napoli rasmiy bayonot bilan chiqib, Milan bosh murabbiyining xatti-harakatini qoraladi. "Klub Allegrining xatti-harakatini qat'iy qoralaydi.
Nazoratdan butunlay chiqqan bu tajovuz e'tiborsiz qolmasligiga umid qilamiz, ayniqsa 33 ta kamera bor sharoitda", deyiladi neapolliklar bayonotida. A Seriya joriy mavsumida Napoli 31 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan.
Milan esa 32 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.