date

Gvardiola «Manchester Siti»ning darajasidan norozi ekanini bildirdi


«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa yaxshi natijalarga erishayotgan bo'lsa-da, hali APL chempionligi uchun zarur darajaga chiqqani yo'q.

«Biz yaxshi natijalar qayd etyapmiz, biroq ko'p narsani yaxshilash kerak. Jamoaning aql bovar qilmas mentaliteti va fidoyiligi bizga yordam bermoqda.

Ammo hozir biz chempionlik titulini qo'lga kiritish uchun kerak bo'lgan darajada emasmiz», dedi Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida. Ayni paytda Gvardiola «Manchester Siti»ni Angliya Premyer-ligasi doirasidagi navbatdagi uy uchrashuviga tayyorlamoqda.

Jamoa shanba kuni «Vest Hem»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 20 dekabr sanasiga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola «Manchester Siti»ning darajasidan norozi ekanini bildirdi