David Neres Italiya Superkubogida Napoli uchun ikkinchi braziliyalik to'purar bo'ldi

Italiya Superkubogi yarim finalida "Napoli" "Milan"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Neapolliklarning gollaridan birini David Neres urdi.
Ma'lum bo'lishicha, Neres "Napoli" safida Italiya Superkubogida gol urgan tarixdagi atigi ikkinchi braziliyalik futbolchi hisoblanadi. Bu borada birinchi bo'lib 1990 yilda Kareka gol muallifiga aylangan.
U 1990 yil 1 sentabr kuni Turin "Yuventus"iga qarshi o'yinda "Napoli" tarkibida gol urgan. Eslatib o'tamiz, "Napoli" klub tarixida Italiya Superkubogini ikki marta qo'lga kiritgan: 1991 yilda va 2014 yilda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing