Keyn va Musiala Bundesligada eng ko'p qiymat yo'qotdi

Transfermarkt yangilangan baholariga ko'ra, Bundesliga doirasida eng katta qiymat yo'qotgan futbolchilar “Bavariya” yulduzlari Garri Keyn va Jamal Musiala bo'ldi. Har ikki futbolchining transfer qiymati 10 million yevroga kamaydi.
2025/2026 yilgi mavsumda Garri Keyn muntazam gol urayotganiga qaramay, uning bozor bahosi pasaydi. Bunga futbolchining yoshi ta'sir qilgani ehtimol: Keyn hozir 32 yoshda.
Yangilanishdan so'ng u 65 million yevroga baholandi, Musialaning qiymati esa 130 million yevroni tashkil etdi. Qiymati eng ko'p tushganlar ro'yxatida uchinchi o'rinni “Verder” futbolchisi Viktor Bonifase egalladi.
Uning transfer qiymati 8 million yevroga qisqarib, 12 million yevroga teng bo'ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing