date

Devid Moyes Yevrokuboklar umidi borligini aytdi


Everton bosh murabbiyi Devid Moyes jamoasining yevrokuboklar yo‘llanmalari uchun kurashi haqida fikr bildirdi. Hozirda mersisaydliklar Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Moyesning ta’kidlashicha, har bir g‘alaba jamoada yevrokuboklar uchun kurashish imkoniyati bor, degan ishonchni kuchaytiradi, ammo mag‘lubiyatlar ehtiyotkorroq bo‘lish kerakligini eslatadi. Murabbiy bu mavsum Premyer-ligada vaziyat o‘ta o‘zgaruvchan ekanini qayd etib, Everton hozircha yaxshi ish olib borayotganini aytdi.

Shuningdek, u so‘nggi besh uchrashuvning to‘rttasida g‘alaba qozonilgani jamoani qulay holatga olib kelganini, biroq bir-ikki o‘yinning o‘zi hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkinligini urg‘uladi. Moyesning so‘zlariga ko‘ra, agar Everton Chelsea ustidan ham g‘alaba qozonganida, jamoa 4 yoki 5-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin edi.

Murabbiy mavsum davomida shunday imkoniyat yana paydo bo‘lishiga umid bildirdi. “Men yevrokuboklarni orzu qilaman, lekin realistman.

To‘rt-besh o‘yinda yutqazsangiz, jadvalning boshqa tomoniga tushib qolishingiz mumkin”, dedi Moyes jurnalistlarga. 20 dekabr, shanba kuni Everton o‘z maydonida Arsenalni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Devid Moyes Yevrokuboklar umidi borligini aytdi