
So‘nggi vaqtlarda feysbuk ijtimoiy tarmog‘i baxs munozaralarning o‘ziga xos ochiq maydoniga aylangan.
Feysbuk tarmog‘ida O‘zbekistonning ijtimoiy hayotiga oid ko‘pgina yangiliklar qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Ayniqsa sport sohasi va aynan futbol eng ko‘p muhokama etiluvchi mavzulardandir. Shu kunlarda O‘zbekiston futbol federasiyasi va futzal assosiasiya rahbariyati suratlari katta shov-shuvga aylangan.
Feysbukda ikki rahbariyatda qarindosh-urug‘chilik borligi haqida surat keng tarqalmoqda. Ba’zilar surat yuzasidan «olma tagiga olma tushadida» deya buni ortiqcha tanqid qilishni noo‘rin deb bilsalar, yana boshqalar boshqaruvchilikdagi qarindosh-urug‘chilik deyarli barcha mamlakatda borligi va buning ijobiy taraflari ham yo‘q emasligini aytmoqdalar. Shu bilan birga salbiy munosabatlar ham talaygina.
Surat ikki tashkilotning saytidan olingan bo‘lib, ular haqidagi ma’lumotlar rasman ochiq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar