Assane Diao jarohat sabab Afrika Millatlar kubogini o'tkazib yuboradi

Italiyaning "Komo" klubi va Senegal milliy jamoasi chap qanot vingeri Assane Diao jarohati tufayli Afrika Millatlar kubogida ishtirok eta olmaydi. Turnir 21 dekabr kuni start oladi.
Diao avvaliga Senegalning yakuniy ro'yxatiga kiritilgandi, biroq keyinchalik u arizadan chiqarildi. Senegal futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, milliy jamoa tibbiy shtabi o'tkazgan tekshiruvlarda futbolchida sonning ikki boshli mushagi shikastlangani aniqlangan va shu bois u Afrika Millatlar kubogi uchun tarkibdan chiqarilgan.
Joriy mavsumda Diao A Seriya va Italiya kubogida jami 7 o'yinda maydonga tushdi, biroq gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, unda tizza orti payi jarohati ham qayd etilgan, safga qaytish muddati hozircha noma'lum.
Afrika Millatlar kubogida Senegal DR Kongo, Benin va Botsvana bilan bir guruhdan joy olgan. Musobaqa 18 yanvargacha davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing