Teo Ernandes Milanni tark etishga majbur bo'lganini aytdi

Teo Ernandes Milanni tark etishga majbur bo'lganini aytdi
Qisqacha

Teo Ernandes “Milan”ni tark etishni istamaganini, biroq rahbariyat jamoa ro'yxatidan chiqarib yuborish bilan ogohlantirgani sabab boshqa tanlovi qolmaganini aytdi. Hozirda “Al-Hilol”da o'ynayotgan 28 yoshli futbolchi joriy yil iyul oyida Saudiya Arabistoniga o'tdi. U “Milan” safida olti yil to'p surdi, klub esa uning transferidan 25 million yevro daromad oldi.

“Milan”ning sobiq chap qanot himoyachisi Teo Ernandes transferi ortidagi sababni tushuntirdi. Hozirda “Al-Hilol” sharafini himoya qilayotgan fransiyalik futbolchi joriy yil iyul oyida “rossoneri” safini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo'l oldi.

28 yoshli futbolchi Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida ketish niyati bo'lmaganini ta'kidladi: “Men ‘Milan’dan ketishni xohlamaganman. Qolishga tayyor edim, ammo rahbariyat qo'ng'iroq qilib, agar ketmasang, jamoa ro'yxatidan chiqarib yuboramiz, deganida boshqa tanlovim qolmadi.

Shuning uchun yangi klub izlashga majbur bo'ldim”, — dedi Ernandes. Teo Ernandes “Milan”da olti yil to'p surdi.

A Seriya grandi futbolchini sotishdan 25 million yevro daromad oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar