Markus Tyuram Italiya Superkubogida rekord darajada tez gol urdi

Markus Tyuram Italiya Superkubogida rekord darajada tez gol urdi
Qisqacha

Markus Tyuram Italiya Superkubogi yarim finalida «Bolonya»ga qarshi uchrashuvning 72-soniyasida gol urib, turnir tarixidagi eng tezkor gol rekordini yangiladi. «Inter» bu gol orqali hisobda oldinga chiqdi, biroq uchrashuvni «Bolonya»ga mag'lub bo'lib yakunladi. Avvalgi rekord 2000 yilda «Latsio» va «Inter» o'rtasidagi bahsda ikkinchi daqiqada gol urgan Robbi Kinga tegishli edi.

Italiya "Inter" klubi Italiya Superkubogidagi ishtirokini yarim final bosqichida "Bolonya"ga mag'lub bo'lib yakunladi. Shunga qaramay, ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivu boshqaruvidagi jamoa uchrashuvni juda yaxshi boshladi: 72-soniyada hujumchi Markus Tyuram hisobni ochib, "Inter"ni oldinga olib chiqdi.

Ma'lum bo'lishicha, Tyuramning bu goli Italiya Superkubogi tarixidagi eng tezkor gol bo'ldi. Turnir tarixida faqat bir marta gol ikkinchi daqiqada urilgani qayd etilgan: 2000 yilda "Latsio" va "Inter" o'rtasidagi bahsda Robbi Kin tezkor gol muallifi bo'lgan.

Bu safar esa Tyuram bir necha soniyaga tezroq gol urib, rekordni yangiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar