Vladimir Bystrov Kerjakovning bahsli goli haqida fikr bildirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Vladimir Bystrov Estoniya termasiga qarshi bahsli gol epizodini esladi. Yevro-2008 saralashi doirasidagi o'yinda darvoza ishg'oli Aleksandr Kerjakov nomiga yozilgandi.
Bystrovning aytishicha, u o'zini sug'urtalash uchun vaziyatga kirgan: himoyachi yetib kelayapti, deb o'ylagan. «To'p allaqachon chiziqdan o'tgan edi, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan darvozaga kiritdim va Kerjakov bilan birga quvonishga yugurdim», deydi u.
Bu fikrlarni jurnalist Ivan Karpovning Telegram-kanali keltirdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq FIFA 20 yil avval Germaniya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan va Andrey Arshavin nomiga yozilgan golni Aleksandr Kerjakov hisobiga o'tkazish kerak, degan xulosaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan.
Agar bu qaror Rossiya futbol ittifoqi tomonidan yakuniy tasdiqlansa, Artyom Dzyuba terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar unvonini yo'qotadi: u va Kerjakovning hisobida 31 tadan gol bo'ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing