«Barselona» rahbariyati "Atletiko"ga qarshi Ispaniya kubogining yarim final javob o‘yinida Luis Suaresga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilish yuzasidan jiddiy ishga kirishdi, deb yozadi Std.uz sayti.
Urugvaylik futbolchi bahsning 90-daqiqasida to‘p uchun kurashda qo‘li bilan raqibning yuziga tekkani bois maydondan chetlatilgandi. Suaresning o‘zi va klub vakillari bu vaziyatda futbolchi ataylab zarba berish maqsadida harakat qilmaganini ta’kidlashmoqda.
Dastlab «Barselona» futbolchining chetlatilishi yuzasidan Ispaniya futbol federasiyasiga shikoyat beradi. Agar jamoa talabi qondirilmasa, kataloniyaliklar Federasiyaga apellyasiya tartibida murojaat qiladi. Shunda ham «Barselona»ga rad javobi berilsa, klubi Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya kubogi finaliga chiqdi va unda «Alaves»ga qarshi bahs olib boradi. Luis Suaresning qizil kartochkasi bekor qilinmasa, futbolchi finalda ishtirok eta olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi