Italiya Superkubogi finalida besh yildan beri ilk bor Milan klublari bo'lmaydi

Italiya Superkubogi finalida so'nggi besh yil ichida ilk bor Milan shahridan birorta jamoa ishtirok etmaydi. Bu holat ikkinchi yarim finalda «Bolonya» penaltilar seriyasida «Inter»ni mag'lub etganidan so'ng aniq bo'ldi.
Avvalroq «Napoli» «Milan»ni 2:0 hisobida yengib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Shu tariqa, sovrin uchun «Bolonya» hamda Antonio Konte boshqaruvidagi «Napoli» kurash olib boradi.
2021 va 2023 yillarda hal qiluvchi uchrashuvga «Inter» chiqqan, 2022 va 2024 yillarda esa final Milan derbisi ko'rinishida o'tgan. O'tgan yili bo'lib o'tgan so'nggi Milan derbisida «Milan» «Inter»ni 3:2 hisobida mag'lub etib, trofeyni qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing