date

Brunu Fernandesh shartnomasidagi 60 million yevrolik band oshkor bo'ldi


Yarim himoyachi Brunu Fernandesh qariyb olti yildirki, «Manchester Yunayted» safida to'p surmoqda va jamoa sardori hisoblanadi. Ishonchli insayder Fabritsio Romano YouTube’dagi ko'rsatuvida portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasida muhim band borligini ma'lum qildi.

Romanoning aytishicha, Fernandesh shartnomasida tovon puli (buyout) bandi belgilangan bo'lib, 31 yoshli futbolchi uchun uning miqdori 60 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, bu bandni Angliya Premer-ligasi klublari ishga tushira olmasligi qayd etildi.

Avvalroq Brunu Fernandeshga Saudiya Arabistoni klublari qiziqishi saqlanib qolayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda Fernandesh 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brunu Fernandesh shartnomasidagi 60 million yevrolik band oshkor bo'ldi