
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim joriy mavsumda maydonga kam tushayotgan yarim himoyachi Kobbi Mainu borasidagi navbatdagi savolga javob berdi. Matbuotda 20 yoshli angliyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisning ishonchi yetarli emasligi sabab qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar kuchaygan.
“Ko'bbi o'z o'rni uchun kurashishi kerak. O'ylaymanki, 20 yoshda “Manchester Yunayted” zaxirasida qolish unchalik ham yomon emas.
Men Ronaldu zaxirada o' tirgan paytlarni ham, Runi ba'zan zaxirada qolganini ham eslayman. Veron o'ynamagan davrlar ham bo'lgan.
Men klub tarixini bilaman. Keling, ahmoqona gaplar va ortiqcha shov-shuvdan qochaylik.
Ishoning yoki yo'q, men shunchaki g'alaba qozonishni va Mainuning yanada kuchayishiga yordam berishni istayman”, dedi Amorim matbuot anjumanida. Mish-mishlarga ko'ra, Kobbi Mainu yanvar oyidayoq Italiya “Napoli” klubiga ijaraga ketishni istamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.