Xabi Alonso «Real»dagi ko‘plab jarohatlarning sababini tushuntirdi

Xabi Alonso «Real»dagi ko‘plab jarohatlarning sababini tushuntirdi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoada jarohatlar nega ko‘payib ketgani haqida fikr bildirdi. «Qaymoqranglilar» 2025 yilning yakuniy uchrashuvida bir qator muhim futbolchilaridan ayrilgan bo‘lsa-da, uy maydonida «Sevilya»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Alonsoning aytishicha, jarohatlar ko‘pligiga bir nechta omil ta’sir qiladi. «Nega bizda jarohat olganlar shunchalik ko‘p?

Bunga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, kimdir jarohat sabab safdan chiqsa, boshqalar ko‘proq o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.

Natijada yuklama oshib, ular ham jarohatlanadi. Bu — berk doira.

Eder Militao ham aynan shundan aziyat chekdi», — deya Alonsoning so‘zlarini Madrid Zone keltiradi. «Real»ning navbatdagi o‘yini 4 yanvar kuni «Betis»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar