
Bournemouth qanot hujumchisi Antuan Semeno uchun kurashda hozircha Manchester Siti va Manchester Yunayted yetakchilik qilmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, futbolchiga APLning ko'plab yirik klublari uzoq vaqtdan beri qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, ayni paytda poygada eng faol tomonlar aynan shu ikki jamoa hisoblanadi.
Transferning yanvar oyidayoq amalga oshishi ehtimoli yuqori. Semenoning Bournemouth bilan tuzgan shartnomasida 65 million funt sterling (qariyb 75 million yevro) miqdorida tovon puli belgilangan.
Avvalroq bu band 10-yanvargacha amal qilishi aytilgandi. 25 yoshli ganalik futbolchi klubini o'zgartirishga tayyor, biroq u qaysi jamoani afzal ko'rayotgani hozircha noma'lum.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.