Fenerbahche Levandovski uchun Barselonaga taklif yubordi

Fenerbahche Levandovski uchun Barselonaga taklif yubordi
Polshalik hujumchi Robert Levandovski faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Krrish nashri xabariga ko'ra, "Barselona" 37 yoshli forvard bo'yicha "Fenerbahche"dan rasmiy taklif oldi.

Manbaga ko'ra, turk klubi kataloniyaliklarga 10 million yevro taklif qilgan. "Barselona" hozircha yakuniy qarorga kelmagan, biroq Levandovskining o'zi mavsum o'rtasida jamoani tark etishni istamayapti.

Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Levandovskining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha mo'ljallangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar