
Hujumchi Antuan Semenyo joriy mavsumda barqaror va samarali o'yin namoyish etmoqda. 25 yoshli futbolchiga Angliya Premyer-ligasining bir qator grand klublari qiziqish bildirmoqda.
TEAMtalk nashri The Guardian ma'lumotlariga tayanib yozishicha, Semenyoning ustuvor yo'nalishi “Liverpul” hisoblanadi. Uning ro'yxatida ikkinchi o'rinda “Manchester Siti”, uchinchi pog'onada esa “Manchester Yunayted” turibdi.
Manbaga ko'ra, Semenyo “Manchester Siti”ga faqat “Liverpul” bilan kelishuv amalga oshmasa o'tishni ko'rib chiqadi. “Manchester Yunayted” esa futbolchi uchun kurashda eng qiyin vaziyatda qolayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, Semenyoning amaldagi shartnomasida 65 million funt sterling miqdoridagi sotib olish bandi bor. Bu summa taxminan 74 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.