Chelsi Gretsiya yarim himoyachisi Karetsasni sotib olishi mumkin

Belgiya chempionatida to'p surayotgan gretsiyalik yarim himoyachi Konstantinos Karetsas faoliyatini Angliya Premyer-ligasining yetakchi klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Teamtalk xabariga ko'ra, futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbada qayd etilishicha, "Chelsi" Karetsas transferini kelasi yilda rasmiylashtirishi ehtimoli bor. 18 yoshli futbolchi Transfermarkt portalida 28 million yevroga baholanmoqda.
Uning "Genk" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Belgiya chempionatida Karetsas 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbada qayd etilishicha, "Chelsi" Karetsas transferini kelasi yilda rasmiylashtirishi ehtimoli bor. 18 yoshli futbolchi Transfermarkt portalida 28 million yevroga baholanmoqda.
Uning "Genk" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Belgiya chempionatida Karetsas 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…