
“Milan”ning sobiq himoyachisi Teo Ernandes klub safidagi olti yillik faoliyati davomida urgan eng yaxshi goli qaysi ekaniga shubha qilmasligini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, eng yorqin goli “Milan” chempionlikni qo'lga kiritgan 2021/2022 yilgi mavsumga to'g'ri keladi va o'sha uchrashuvda “Atalanta” darvozasini ishg'ol etgan.
“Albatta, chempion bo'lgan yildagi ‘Atalanta’ga urgan golim. O'shanda to'p bilan qariyb 90 metr yugurganman.
‘Milan’ muxlislari haligacha o'sha golni menga eslatib turishadi”, — deya Ernandes so'zlaridan iqtibos keltiradi La Gazzetta dello Sport. Hozir “Milan” Massimiliano Allegri qo'l ostida Italiya A seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.