
Germaniyaning Kicker jurnali tahririyati "Yil odami" nominatsiyasi g'olibini aniqladi. Ovoz berish yakunlariga ko'ra bu e'tirof Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keynga berildi.
Nashr ta'kidlashicha, tanlovda ingliz forvardining faqat gol ko'rsatkichlari inobatga olinmadi. Jurnalistlar uning jamoaviy o'yindagi hissasini alohida qayd etdi: to'psiz holatda faol ishlashi, maydon bo'ylab katta hajmda harakatlanishi hamda himoyaviy harakatlarda ishtiroki.
Tahririyat fikricha, bunday funksionallik uning ampluasidagi futbolchi uchun odatiy hol emas va aynan shu omillardan biri qarorni qabul qilishda muhim rol o'ynadi. Garri Keyn 2023 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qiladi.
U Myunxenga Londonning "Tottenhem" klubidan ko'chib o'tgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.