
Manchester Unitedning sobiq futbolchisi Roy Kin hujumchi Benyamin Sheshko haqida fikr bildirdi. Qizil iblislar mavsum boshida sloveniyalik futbolchini RB Leyptsigdan 76 million yevrodan ortiq mablag' evaziga tarkibga qo'shib olgandi.
Hozirda 22 yoshli hujumchi 14 uchrashuvda 2 ta gol urdi. Kin Sky Sports efirida Sheshkoning boshlanishi oson kechmaganini, biroq u hali yosh ekani va o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatlari bo'lishini ta'kidladi.
Uning so'zlariga ko'ra, ba'zida biroz omad ham zarur. Kin Sheshkoda salohiyat borligini qayd etdi, ammo hozircha uning eng kuchli tomonlari aniq ko'rinmayotganini aytdi.
Shuningdek, sobiq yarim himoyachi hozir futbolchida o'ziga ishonch yetishmayotganini urg'uladi. Yakshanba kuni Ruben Amorim boshchiligidagi jamoa Aston Villaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Sheshko maydonda 73 daqiqa harakat qildi, biroq natijali harakat bilan ajralib chiqmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.