
Angliya Premyer-ligasining 17-tur uchrashuvlarining aksariyati bo'lib o'tdi. Tur doirasida "Aston Villa" "Manchester Yunayted"ni qiyin kechgan bahsda mag'lub etdi.
Birmingem jamoasi hujumchisi Morgan Rodjers ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, g'alabaning asosiy qahramoniga aylandi. Uchrashuvdan so'ng "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Rodjersning o'yinini alohida e'tirof etdi.
Nevillning fikricha, bask mutaxassisi Unai Emeri boshchiligidagi jamoaga aynan Rodjersning ilhom bilan o'ynagani muvaffaqiyat keltirdi. "Aston Villa" uchun ajoyib kun, ayniqsa Rodjers uchun.
Bu o'yinda farqni u yaratdi. Aks holda, jamoalar o'yin sifati jihatidan bir-biriga juda yaqin edi", deya uning so'zlarini BBC Sport keltirdi.
Keyingi turda "Aston Villa" Londonda "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.