
Madridning “Real” klubida o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik” klubi rahbariyati himoyachiga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishni rejalashtirmayapti. Karvaxalning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi.
33 yoshli ispaniyalik futbolchi 2013 yil yozidan beri “Real” safida o‘ynab kelmoqda. Karvaxalning bozor qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va golga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan natija qayd etmadi. “Real” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.