date

Daych: "Har doim ham yaxshi o‘ynab bo‘lmaydi"


«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Shon Daych «Fulhem»ga qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. APLning 17-tur uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvdagi hal qiluvchi epizod «o‘rmonchilar» darvozasiga belgilangan penalti bo‘ldi. Vaziyat o‘tgan shanba kuni «Everton» — «Arsenal» o‘yinida yuz bergan shunga o‘xshash qoida buzilishiga o‘xshardi, biroq o‘shanda hakam 11 metrlik jarima zarbasini belgilamagan edi.

«Hozirgi kunda jarima maydonchasida ozgina tegish bo‘lsa ham, raqib yiqilib tushadi. Shunday bo‘ladi.

Bu past saviyadagi o‘yin bo‘ldi. Har doim ham yaxshi bo‘lib bo‘lmaydi.

Sifat nuqtayi nazaridan, har ikki tomonda ham ko‘p shoshma-shosharlik bo‘ldi. To‘p sizda bo‘lsa, u bilan nimadir qilishingiz kerak», — deya Daychning so‘zlarini Bolton News keltiradi.

«Fulhem» 23 ochko bilan 13-o‘rinda, «Nottingem» esa 18 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Daych: "Har doim ham yaxshi o‘ynab bo‘lmaydi"