Bavariya yarim himoyachisi Laymer Avstriyada yil futbolchisi bo‘ldi

Qisqacha
«Bavariya» yarim himoyachisi Konrad Laymer Avstriyaning yil futbolchisi deb topilib, ovoz berishda 51 ball to‘pladi. «RB Leyptsig» xavbeki Kristof Baumgartner 16 ball bilan ikkinchi, «Crvena Zvezda» hujumchisi Marko Arnautovich esa 15 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi. 28 yoshli Laymer Bundesliganing joriy mavsumida 14 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Myunxenning «Bavariya» klubi xavbeki Konrad Laymer yakunlanayotgan yil natijalariga ko‘ra Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda mamlakat futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
Ovoz berishda yarim himoyachi ishonchli g‘alaba qozonib, 51 ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni «RB Leyptsig» xavbeki Kristof Baumgartner (16) egalladi, uchinchi bo‘lib esa Belgradning «Crvena Zvezda» jamoasi hujumchisi Marko Arnautovich (15) qayd etildi.
«Bu mukofotni olish men uchun katta sharaf. Bu oldinga intilib, harakatni davom ettirish uchun turtki», — dedi Konrad.
Bundesliganing joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ovoz berishda yarim himoyachi ishonchli g‘alaba qozonib, 51 ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni «RB Leyptsig» xavbeki Kristof Baumgartner (16) egalladi, uchinchi bo‘lib esa Belgradning «Crvena Zvezda» jamoasi hujumchisi Marko Arnautovich (15) qayd etildi.
«Bu mukofotni olish men uchun katta sharaf. Bu oldinga intilib, harakatni davom ettirish uchun turtki», — dedi Konrad.
Bundesliganing joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…