Argentina Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini haqida izoh berdi

Argentina Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini haqida izoh berdi
Argentina futbol assotsiatsiyasi vakillari Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish ehtimoli yuzasidan izoh berdi. "Kelasi yilda taqvimimiz juda tig‘iz bo‘lgani uchun hozircha bunday o‘yin rejamiz yo‘q, biroq nazariy jihatdan kelajakda u bo‘lishi mumkin", — deya manba so‘zlarini "VseProSport" keltirdi.

Assotsiatsiyada 2026 yilgi jahon chempionati oldidan jamoa yuklamasi juda yuqori ekanini ta’kidlashdi. Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFAning qo‘shma qarori bilan xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatilgan.

Taqiq 2022 yil fevralidan beri amal qiladi. So‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Valeriy Karpin shogirdlari Chiliga 0:2 hisobida yutqazdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar