date

Myuller: Messining JCh-2026dagi ishtiroki kuchlar nisbatini o'zgartiradi


Mashhur germaniyalik hujumchi Tomas Myuller, hozirda "Vankuver" safida to'p surayotgan futbolchi, 38 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messining 2026 yilgi jahon chempionatiga borishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. "Agar Leo mundialga kelsa, bu juda qiziq bo'ladi.

Uning ishtiroki turnirdagi kuchlar nisbatini o'zgartiradi. MLSda u yuqori darajani ko'rsatdi, ammo kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarda qanday ko'rinish berishini bilmayman...

Men Argentinani g'alabaga asosiy da'vogarlaridan biri deb hisoblayman", — deya Myullerning so'zlarini Yahoo Sports keltiradi. Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

2022 yilgi mundial finalida Lionel Skaloni shogirdlari Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Myuller: Messining JCh-2026dagi ishtiroki kuchlar nisbatini o'zgartiradi