date

«Barselona» himoya markaziga qanday futbolchini olib kelmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» himoya markaziga qanday futbolchini olib kelmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Kataloniyaning "Barselona" klubi qishki transfer oynasida markaziy himoya chizig‘ini mustahkamlash rejasini tayyorlab qo‘ygan. Jamoa rahbariyati himoya markazida yuzaga kelgan muammolarni nisbatan arzon, ammo katta tajribaga ega futbolchi hisobidan hal qilishni maqsad qilgan. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli nashrlaridan biri Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» transfer bozorida avvalo yetakchilik fazilatlariga ega, katta o‘yin tajribasi bilan jamoani muvozanatda ushlab tura oladigan futbolchilarga e’tibor qaratmoqda. Klub shu yo‘l orqali o‘tgan yozda jamoani tark etgan Inigo Martinez qoldirgan bo‘shliqni to‘ldirishni istayapti.

Hozircha «Barselona»ning ehtimoliy nomzodlari ro‘yxatiga uch nafar markaziy himoyachi kiritilgan. Ular orasida Portugaliyaning "Benfika" klubi sardorlaridan biri, jahon chempionati g‘olibi Nikolas Otamendi (37 yosh), Italiyaning "Inter" jamoasida to‘p surayotgan Stefan de Vrey (33 yosh) hamda Angliya Premer-ligasidagi "Bornmut" safida o‘ynayotgan argentinalik Markos Senesi (28 yosh) bor.

Transfermarkt portali baholariga ko‘ra, eng arzon variant sifatida Otamendi ko‘rilmoqda — uning bozor qiymati taxminan 1 million yevroga teng. De Vrey 3,5 million yevro atrofida baholanayotgan bo‘lsa, nisbatan yoshroq va istiqbolli hisoblangan Senesining transfer qiymati 22 million yevrogacha yetadi.

Kataloniya klubi uchun bu qaror moliyaviy imkoniyatlar va jamoaning joriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinmoqda. Shu bois, «Barselona» muxlislari yaqin haftalarda himoya markazida tajribali futbolchining paydo bo‘lishini katta qiziqish bilan kutib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Barselona» himoya markaziga qanday futbolchini olib kelmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi