date

Pedri: Do'stim doim yomon o'ynayapsan, deb aytadi


“Barselona” yarim himoyachisi va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Pedri do'stlari uni qanday ruhlantirishini aytib berdi. “Do'stlarim menga bosim qiladi.

Ulardan biri doim hazillashib: ‘Bu o'yinda juda yomon o'ynading-ku’, deydi. Ular meni maydonda bor kuchimni berishga undaydi.

Biz to'rt kishimiz, barchamiz professional futbolchi bo'lishni orzu qilganmiz. Albatta, do'stlarim bilan birga o'ynashni sog'inaman.

Qishlog'imda o'ynagan paytlarimda ham bosim yetarli edi — men bolaligimdan g'alaba qozonishni xohlaganman”, — Pedrining so'zlarini Mundo Deportivo keltiradi. 3-yanvar kuni “Barselona” La Liganing 19-turida “Espanyol”ga qarshi maydonga tushadi.

Hans-Diter Flik jamoasi 2025 yilni turnir jadvalida peshqadam sifatida yakunladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pedri: Do'stim doim yomon o'ynayapsan, deb aytadi