
«Nottingem Forest»ning markaziy himoyachisi Murillo «Barselona»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Xoakin Piyera xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» 23 yoshli braziliyalik futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Barselona»da Murilloning sifatlari yuqori baholanmoqda va u Hans-Diter Flik tizimiga juda mos keladi, deb hisoblanmoqda.
Joriy mavsumda Murillo barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Himoyachining «o‘rmonchilar» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 55 million yevroga baholamoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Murilloni «Chelsi», Madridning «Real»i va boshqa klublar ham kuzatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.