date

Lamin Yamal nega sevgilisi yo‘qligini noodatiy sabab bilan tushuntirdi


Kataloniyaning «Barselona» klubida to‘p surayotgan yulduz vinger Lamin Yamal shaxsiy hayoti haqida gapirdi. U nega o‘ziga qiz do‘st topa olmayotganini izohladi.

18 yoshli futbolchi YouTube kanalida shunday dedi: «Men erta uxlayman, tun yarmida uyg‘onish uchun. Buni pechenye yeb olish uchun qilaman.

Bu menga yoqadi. Shu uyg‘onishlar sabab menda qiz do‘st yo‘q».

Joriy mavsumda Yamal «ko‘k-anorranglilar» safida 20 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali Laminning bozor qiymatini 200 million yevroga baholagan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2031 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal nega sevgilisi yo‘qligini noodatiy sabab bilan tushuntirdi