Shapi Ispaniyada o‘ynashni xohlaydi va «Barselona»ni tanladi

Shapi Ispaniyada o‘ynashni xohlaydi va «Barselona»ni tanladi
Hozir MLSda to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Magomed-Shapi Suleymanov futbolchilik kelajagi haqida fikr bildirdi. «Menda yana bir yillik shartnoma bor, keyin yana bir yilga qolishim mumkin.

Yaxshi o‘ynash, o‘sishim kerak. Ispaniyada o‘ynashni xohlardim.

«Real» bilan «Barselona» orasidan ikkinchisini tanlayman», — deya Suleymanovning so‘zlarini «Match TV» keltirdi. Eslatib o‘tamiz, hozirda Shapi «Kanzas-Siti» futbolchisi hisoblanadi.

O‘tgan MLS mavsumida rossiyalik futbolchi amerikalik jamoa safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar