«Real» Niko Pasni qayta sotib olishga qaror qildi

Qisqacha
«Real» «Komo»da o‘ynayotgan Niko Pasni 9 million yevroga qayta sotib olib, uni jamoada qoldirishga qaror qildi. Kelishuvga ko‘ra, madridliklar futbolchini 2025, 2026 va 2027 yillarda qayta sotib olish huquqiga ega. Transfermarkt Pasning taxminiy qiymatini 65 million yevrogacha oshirgan, futbolchi esa 2025/2026 yilgi mavsumda 16 ta o‘yinda 5 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etgan.
«Real» hujumkor yarim himoyachini qayta sotib olish bo‘yicha qaror qabul qildi. Gap hozir «Komo»da yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan Niko Pas haqida ketmoqda.
«Real» va «Komo» o‘rtasidagi kelishuvda 2025, 2026 va 2027 yillarda madridliklar futbolchini 9 million yevroga qayta sotib olishi mumkinligi belgilangan. Holbuki, nufuzli Transfermarkt portali bir necha kun avval Pasning taxminiy qiymatini 65 million yevrogacha oshirdi.
AS xabariga ko‘ra, «Real» Pasni qayta sotib olishga qat’iy bel bog‘lagan va buni qayta sotish uchun emas, jamoada qoldirish uchun amalga oshirmoqchi. Futbolchi Madrid klubiga qaytadi va jamoada qoladi.
2025/2026 yilgi mavsumda Niko Pas 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Real» va «Komo» o‘rtasidagi kelishuvda 2025, 2026 va 2027 yillarda madridliklar futbolchini 9 million yevroga qayta sotib olishi mumkinligi belgilangan. Holbuki, nufuzli Transfermarkt portali bir necha kun avval Pasning taxminiy qiymatini 65 million yevrogacha oshirdi.
AS xabariga ko‘ra, «Real» Pasni qayta sotib olishga qat’iy bel bog‘lagan va buni qayta sotish uchun emas, jamoada qoldirish uchun amalga oshirmoqchi. Futbolchi Madrid klubiga qaytadi va jamoada qoladi.
2025/2026 yilgi mavsumda Niko Pas 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…