Barselona, Atletiko va Yuventus Senesiga qiziqish bildirdi

Barselona, Atletiko va Yuventus Senesiga qiziqish bildirdi
Qisqacha

“Bornmut”ning 28 yoshli markaziy himoyachisi Markos Senesi mavsum oxirida shartnomasi yakunlangach, erkin agentga aylanishi mumkin. “Barselona”, Madridning “Atletiko”si va “Yuventus” argentinalik futbolchi bo'yicha “Bornmut”dan ma'lumot so'ragan. Transfermarkt uning narxini 22 mln yevroga baholagan. Senesi Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 16 ta o'yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Bornmut”ning markaziy himoyachisi Markos Senesi Yevropaning grand klublari e’tiboriga tushdi. 28 yoshli futbolchining shartnomasi yarim yildan keyin yakunlanadi.

Shu bois mavsum oxirida uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona”, Madridning “Atletiko”si va “Yuventus” “Bornmut”ni tark etishga qaror qilgan argentinalik futbolchi haqida allaqachon surishtiruv olib borgan.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Markos Senesining narxi 22 mln yevroni tashkil etadi. U Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida “giloslar” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar