date

Bavariya himoyachisi Ta finalda Arsenalga qarshi o‘ynashni istaydi

Bavariya himoyachisi Ta finalda Arsenalga qarshi o‘ynashni istaydi
«Bavariya»ning markaziy himoyachisi Jonatan Ta jamoaning Chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. Vensan Kompani jamoasi olti turdan so‘ng umumiy bosqich turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Myunxenliklar 15 ochko jamg‘argan, yagona mag‘lubiyatni esa londonlik «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (1:3) qabul qilib olgan. — Siz avval «PSJ», «Chelsi», «Arsenal» bilan o‘ynadingiz va ancha yaxshi ko‘rindingiz.

Bu o‘zingizga ishonchni oshirishga yordam beradimi? — Albatta.

Eng kuchlilarga qarshi o‘ynaganingda, qaysi darajada ekaningni tushunib olasan. Bu jamoamizga ishonch beradi.

«Arsenal»ga qarshi o‘yinda ham, mag‘lub bo‘lganimizga qaramay, raqibdan ancha yomon o‘ynagandek his qilmadik. O‘yindan keyin: «Xo‘p, keyingi safar.

Keling, ular bilan yana o‘ynaymiz», deb o‘yladik. — Balki finalda?

— Aynan shunday. Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» bilan to‘qnash kelish juda zo‘r bo‘lardi, — deya Ta so‘zlarini Bayern & Germany keltiradi.

Yettinchi turda «Bavariya» belgiyalik «Yunion Sent-Jillua»ga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya himoyachisi Ta finalda Arsenalga qarshi o‘ynashni istaydi