date

"Manchester Yunayted" Maguayr va Kazemiro bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligini ma'lum qildi

"Manchester Yunayted" Maguayr va Kazemiro bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligini ma'lum qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Garri Maguayr va Kazemiro bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli borligini inkor etmadi. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi yarim yildan so‘ng yakunlanadi.

Ko‘rinishidan, ingliz va braziliyalik futbolchilar klubda qolish uchun maoshlarini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lishlari kerak bo‘ladi. "Hali qaror qabul qilinmagan.

Maguayr va Kazemirodan juda mamnunman, lekin ularni nima kutayotganini bilmayman. Ko‘p narsa mavsum yakunlariga bog‘liq bo‘ladi.

Chempionatda nechinchi o‘rinni egallashimiz va Yevrokuboklarga yo‘l olishimiz ham muhim", – deya Amorimning so‘zlarini ingliz OAVlari keltirmoqda. 17-turdan so‘ng "Manchester Yunayted" Premer-liga turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Manchester Yunayted" Maguayr va Kazemiro bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligini ma'lum qildi