date

"Barselona" Kistensenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

"Barselona" Kistensenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen ogʻir jarohat tufayli yana uzoq muddat maydondan chetda qoladi. 29 yoshli daniyalik futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi soʻnggi oʻyindan oldin olgan jarohati sababli taxminan toʻrt oy oʻynamaydi.

Kristensen tiklanish muddati haqida eshitib, hayratda qolgan, biroq klub uni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Esport3 xabariga koʻra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta futbolchiga maoshini qisqartirish sharti bilan bir yillik yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq markaziy himoyachi shartnomani uzaytirishga va maoshni kamaytirishga rozi ekani aytilgandi. Joriy mavsumda Kristensen Hans-Diter Flik jamoasida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, bir gol urgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Barselona" Kistensenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi