
Endrik hozirda "Real" uchun muammoga aylangan va bu vaziyatni tezda hal qilish zarur. Braziliyalik futbolchi Madridni butun mavsum davomida atigi 99 daqiqa maydonga tushgan holda tark etmoqda.
Xabi Alonso unga bir serial qismini tomosha qilishga ketadigan vaqtdek imkoniyat berdi. Fabrizio Romano ma'lumotiga ko'ra, Endrik uchun Yevropaning 15 klubi kurash olib bordi, biroq futbolchi aynan "Lion"ni tanladi.
Chunki boshqa variant — "Real" zaxirasida chirib qolish va Gonzalo Garsiyaning Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘rt gol urib, kelajagingni olib qo‘yishini tomosha qilish edi. Bitim shartlari esa xayriya va biroz kamsitish elementlarini eslatadi: ijaraga bir million yevro — o‘tgan yili bu futbolchi uchun 60 million to‘lagan klub uchun juda kam pul.
Sotib olish huquqi yo‘q. Maosh esa ikki klub o‘rtasida teng taqsimlanadi, xuddi ajrashgan ota-onalar bolasi uchun yozgi oromgoh xarajatini bo‘lishgandek.
Eng qiziq tomoni — shartnomada minimal o‘yinlar soni (taxminan 25 ta) bo‘yicha band bor, aks holda jarima. "Real" "Lion"ga ishonmayapti va futbolchining o‘yin amaliyotini huquqiy jihatdan kafolatladi.
"Lion" sobiq hujumchisi Sidne Govu Le Progrès nashriga: "Bizda Endrikning imkoniyatlarini baholash uchun yetarli ma'lumot yo‘q. Ammo zaxiradagi futbolchi o‘ynamasa, bu ko‘pincha muammo borligini anglatadi", — dedi.
Bu haqiqat. Transfer hikoyasi ssenariysi oldindan ma'lum bo‘lgan trillerga o‘xshaydi.
"Lion" yozda moliyaviy inqiroz yoqasida turgan bo‘lsa-da, hozir Liga 1da beshinchi o‘rinda bormoqda. Fonseka tarkib bilan mo‘jizalar yaratmoqda.
Endrik esa klubda ilgari Memfis Depay, Lisandro Lopes, Musso Dembele to‘p surgan 9-raqamni oladi — bu meros unga mas'uliyat yuklaydi. Bitim hamma uchun foydali, faqat Endrikning o‘ziga og‘riqli.
"Real" kiyinish xonasida joy bo‘shatadi va maoshdan tejaydi. "Lion" esa Transfermarkt bahosiga ko‘ra 25 million yevroga teng bo‘lgan iqtidorni arzon narxda oladi.
Endrik nihoyat o‘ynashni boshlaydi. Lekin bu — umidsizlikdan qilingan ijaradir.
Karlo Anchelotti unga 847 daqiqa imkoniyat berganida, u gol urgan edi — hatto kubokda bo‘lsa ham. Yangi murabbiy esa unga e'tibor bermayapti — bu esa deyarli hukm.
Endrik 29-dekabr kuni jamoaga qo‘shiladi, biroq transfer oynasi yopilgani sababli 3-yanvar kuni "Monako"ga qarshi o‘ynay olmaydi, agar Professional futbol ligasi istisno qilmasa. Ramziy jihatdan, "Lion"da ham kutishga to‘g‘ri keladi.
"Real"da yarim yil mebeldek o‘tirgan futbolchi uchun yana bir hafta kutish muammo emas. Eng asosiy savol — Endrik Fransiyada gol ura oladimi, emas.
Asosiy savol — u yozda Madridga boshqa futbolchi sifatida qaytadimi yoki shunchaki "shov-shuv karerani barbod qiladi" degan voqeaga aylanadimi. "Lion"da yarim yil bor: muammo futbolchida emas, Xabi Alonsoda ekanini isbotlashi kerak.
Endrik esa haqiqatan ham top-klub darajasida o‘ynashga tayyorligini va uning karerasi "zaxira" maqomi bilan cheklanmasligini ko‘rsatishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.