date

Humo arenada boks oqshomi: A’loxon Abdullayev ishonchli g‘alaba qozondi

Humo arenada boks oqshomi: A’loxon Abdullayev ishonchli g‘alaba qozondi

Ayni daqiqalarda Toshkentdagi Humo arena majmuasida professional boks kechasi qizg‘in tarzda davom etmoqda. Boks ishqibozlari uchun haqiqiy bayramga aylangan ushbu oqshomda bir qator hamyurtlarimiz ringga ko‘tarilib, o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.

Hozirgina iqtidorli o‘zbek charm qo‘lqop ustasi A’loxon Abdullayev hamda qirg‘izistonlik raqibi Daniel Abdurahmonov o‘rtasidagi jang yakunlandi. Bellashuv avvaldan oxirigacha o‘ta shiddatli, o‘zaro hujumlarga boy va keskin kurash ruhida kechdi.

Jang davomida A’loxon Abdullayev harakatchanlik, aniq zarbalar va taktik ustunlik bilan ajralib turdi. Natijada hakamlar bahs yakunida yakdil qaror chiqarib, g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga taqdim etdi. Bu yutuq muxlislar tomonidan katta quvonch bilan qarshi olindi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu boks oqshomining eng kutilgan markaziy to‘qnashuvida o‘zbekistonlik Timur Nikulin hamda Qozog‘iston vakili Erkabulan Toktar ringda o‘zaro kuch sinashadi. Bu jang ham muxlislarga katta intriga va yuqori darajadagi tomoshabop kurash va’da qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Humo arenada boks oqshomi: A’loxon Abdullayev ishonchli g‘alaba qozondi