
«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Vitinya yaqin kelajakda sotilishi ehtimoldan yiroq. 25 yoshli futbolchiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, shuningdek, Angliya Premyer-ligasining bir qator grandlari ham da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda.
Shunga qaramay, jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, «PSJ» portugaliyalik yulduz bilan xayrlashmoqchi emas. Parijliklar rahbariyati yarim himoyachini jamoada uzoq yillar saqlab qolishni rejalashtirgan.
Hozircha hech qanday transfer muzokaralari olib borilmayapti. Transfermarkt portali Vitinyaning qiymatini 110 mln yevroga baholagan.
Futbolchining Fransiya amaldagi chempionlari bilan shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.