date

Amorim Lisandro Martinesni "top darajadagi" futbolchi deb atadi

Amorim Lisandro Martinesni "top darajadagi" futbolchi deb atadi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda himoyachi Lisandro Martinesning o‘yinini izohladi. Argentinalik futbolchi jamoani kapitanlik bog‘ichi bilan maydonga boshlab chiqdi va 88-daqiqagacha o‘ynab, minimal hisobdagi g‘alabaga (1:0) hissa qo‘shdi.

«Bugun Martines top darajadagi futbolchi bo‘lib qolayotganini ko‘rsatdi. Ba’zan odamlar uning bo‘yi baland emasligi sabab jarima maydoni ichida himoyalana olishiga shubha qilishadi, ammo bugun u tarkibida bo‘yi baland futbolchilar ko‘p bo‘lgan “Nyukasl”ga qarshi haqiqatan ham juda yaxshi o‘ynadi», — deya portugaliyalik murabbiyning so‘zlarini UtdReport keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, fevral boshidan noyabr oxirigacha Lisandro Martines og‘ir jarohati sabab maydonga tushmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amorim Lisandro Martinesni "top darajadagi" futbolchi deb atadi