
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 10-fevral kuni O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi zamonaviy beshkurash sportchilarining mahorat darajasini xalqaro darajaga ko‘tarish va ushbu sportchilarga qo‘shimcha bilim berish orqali ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hisoblanadi.
Shuningdek, tashkilot vazifalariga xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoalari uchun belgilangan tartibda tayyorgarlik jarayonlarini tashkil etishning eng yangi usullarini qo‘llagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash hamda boshqa vazifalar kiradi.

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi ta’sischilar umumiy yig‘ilishida uning prezidenti etib Fazliev Farrux Faxriddinovich saylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar