
“Chelsi” o‘z maydonida “Aston Villa”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan 23 yoshli Koul Palmer 72-daqiqada maydonni tark etdi va uning o‘rniga Estevao tushirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yindan keyin bosh murabbiy Entso Maresska bu qaror sababini izohladi: “Palmerning sog‘lig‘ida muammo yo‘q, u shunchaki charchadi. Bugun u juda ko‘p mehnat qildi. Umuman olganda, menimcha, u yaxshi o‘yin ko‘rsatdi”, — dedi italiyalik mutaxassis.
Londonliklarning yagona goliga 37-daqiqada Jooaо Pedro mualliflik qildi. Mehmonlar safida esa Olli Uotkins dubl qayd etib, 63 va 84-daqiqalarda Robert Sanches darvozasini ishg‘ol qildi.
18 turdan so‘ng “Chelsi” APL turnir jadvalida 29 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.