
"PSJ" yarim himoyachisi Vitinya markazdagi sherigi Joau Nevesh bilan uygʻunligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik ikki хавбек oʻtgan mavsumda parijliklarning oʻyinini yuqori darajada olib chiqib, klub tarixida ilk bor Chempionlar ligasini qoʻlga kiritishiga katta hissa qoʻshdi.
"Agar faoliyatimiz yakunida men va Joau Xavi hamda Inyesta qatorida tilga olinsak, bu ajoyib boʻladi. Ikkalamiz ham toʻpni nazorat qilishni yoqtiramiz, ijodkorona harakat qilishga intilamiz — bolalikdagidek futbol oʻynaymiz. Bu futbolning oʻrnini bosib boʻlmaydigan jihati, odamlarni oʻyinga oshno qiladigan narsa", — deya Vitinyaning soʻzlarini ispan OAV keltirdi.
25 yoshli futbolchi 2022 yilda "Portu"dan "PSJ" safiga kelib qoʻshilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.