date

Mareskaning Chelsidagi so'nggi uchrashuvi sanasi aytildi

Mareskaning Chelsidagi so'nggi uchrashuvi sanasi aytildi

Londonning “Chelsi” klubida bosh murabbiy Enzo Mareskaning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, mutaxassis yaqin orada lavozimini tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Mareska “Chelsi” boshqaruvida so'nggi bor 30 dekabr kuni maydonga chiqishi mumkin. Klub rahbariyati esa Madridning “Real”idagi Xabi Alonso atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va imkon tug'ilsa, ispaniyalik murabbiyni taklif qilishga tayyor.

Qolaversa, gap-so'zlarga ko'ra, “Real” Alonsoning o'rnini bosadigan variantni ham oldindan belgilab qo'ygan. Shu bois murabbiylar bo'yicha o'zgarishlar yaqin kunlarda ro'y berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, “Chelsi” Premyer-liganing 18-turida o'z uyida “Aston Villa”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Hozirda “ko'klar” turnir jadvalida 29 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mareskaning Chelsidagi so'nggi uchrashuvi sanasi aytildi